Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-iyul oylarida kompyuter dasturlashtirish xizmatlari hajmi 16,9 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 28,5 % ga oshgan.
Mazkur xizmatlar aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining jami hajmidagi ulushida eng katta qismni egallab, 40,4 % ni tashkil etgan.
Hududlar kesimida kompyuter dasturlashtirish xizmatlari hajmi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 80,6 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 119,6 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 84,3 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 159,2 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 123,9 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 123,5 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 93 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 263,7 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati – 134 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 37,6 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 224,9 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati – 294,9 mlrd so‘m
Xorazm viloyati – 197,5 mlrd so‘m
Toshkent shahri – 14 931,8 mlrd so‘m




