2025-yil 15-avgust kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida navbatdagi “Huquqiy bilimlar” o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-avgustdagi PQ-247-son “Yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori yuzasidan tushunchalar berildi.

Qarorning asosiy jihatlari quyidagilardan iborat:
Raqamli identifikatsiya va hujjat yuritish bo‘yicha yangi imkoniyatlar:
-
2025-yil 1-noyabrdan boshlab, yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni:
-
Masofaviy biometriya vositasi orqali identifikatsiya qilish;
-
Mobil telefon raqamiga yuboriladigan SMS-xabar yordamida ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
-
-
Elektron shartnomalar, to‘lov farmoyishlari, hisobvaraq-fakturalar va dalolatnomalarni:
-
Masofaviy biometriya orqali identifikatsiya va SMS-xabar orqali tasdiqlash orqali imzolash;
-
Bunday hujjatlar elektron raqamli imzosiz rasmiylashtirilsa ham, qog‘oz hujjatlar bilan teng yuridik kuchga ega bo‘ladi.
-
Mehnat munosabatlarida moslashuvchanlik:
-
Kunlik mehnat haqi (“shu kunning o‘zida”) to‘lash mexanizmi tajriba tariqasida joriy etiladi.
-
Buning uchun:
-
Xodim bilan elektron mehnat shartnomasi bo‘lishi;
-
Raqamli platformada elektron hamyon ochilgan bo‘lishi;
-
Soliq intizomiga qat’iy rioya qilish talab etiladi.
-
-
Mazkur mexanizm ixtiyoriy asosda joriy etiladi hamda ish beruvchilarni mehnat qonunchiligining boshqa talablaridan ozod etmaydi.
-
Soliq tartibiga oid o‘zgarishlar:
-
2026-yil 1-yanvardan boshlab:
-
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan soliq tartibi bekor qilinadi;
-
O‘zini o‘zi band qilgan, yillik aylanmasi 100 mln so‘mdan oshmagan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliqdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
-
Yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan YTT va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;
-
Ularning soliq hisobotlari va to‘lovlari uchun javobgarlik to‘lov tashkilotlari zimmasiga yuklatiladi.
-

- Seminar davomida mazkur islohotlar orqali o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati yanada soddalashtirilishi, ularning raqamli iqtisodiyotga moslashuvi, huquqiy va moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.



