09/09/2025

2025-yil 1-avgust holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida ulgurji savdo sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 1 983 tani tashkil etdi.

Shundan:

  • Yirik korxonalar – 37 ta

  • Kichik korxona va mikrofirmalar – 1 946 ta

2025-yilning yanvar-iyul oylarida viloyat bo‘yicha ulgurji savdo tovar aylanmasi 10 trln 597,1 mlrd so‘mni tashkil 2024-yilning mos davriga nisbatan 14,7 % ga o‘sdi.

Shuningdek, kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan ulgurji savdo aylanmasi 7 686,4 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 105,4 % ga yetgan.

Umumiy ulgurji savdo hajmida kichik biznes subyektlarining ulushi – 72,5 % ga to‘g‘ri kelgan.