Joriy yilning 10-sentabr kuni Norin tumani Maktabgacha va Maktab ta’limi bo‘limida “1-umumta’lim shakli (yillik) statistik hisobotini topshirish tartibi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda Namangan viloyati statistika boshqarmasi Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassislari hamda Norin tumanidagi umumta’lim muassasalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda 2025/2026-o‘quv yili boshiga taqdim etiladigan 1-umumta’lim shakli (yillik) statistik hisobotni e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali yuborish tartiblari haqida tushuncha berildi. Shuningdek, hisobotlarni to‘ldirish jarayonida sodir bo‘ladigan xato kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar batafsil muhokama qilindi.

Mazkur seminardan ko'zlangan maqsad respondentlar uchun hisobot topshirish jarayonini soddalashtirish, tushunmovchiliklardan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish, statistik hisobotlarning to‘liq va o‘z vaqtida qabul qilinishini ta’minlashdan iborat.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.



