Sizni 2025-yil 16-sentabr kuni soat 9:00 da Namangan shahridagi Chorsu dehqon bozorida o‘tkaziladigan press-turda ishtirok etishga taklif qilamiz.
Mavzu: Statistika ochiqligi — bozordagi narxlar qanday kuzatiladi?
Tadbirning asosiy maqsadi:
iste’mol bozoridagi narxlarning shakllanishi va ularning dinamikasini kuzatish,
inflyatsiya jarayonlarini monitoring qilish,
shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash jarayonlari bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish.
Press-tur davomida siz quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lasiz:
narxlarning o‘rtacha haftalik tanlanma kuzatuvi qanday olib borilishi;
bozor sharoitida narxlar qay tarzda o‘rganilishi;
statistik kuzatuvlarning aholiga va biznes subyektlariga qanday ahamiyatga ega ekani.
tadbir davomida ishtirokchilar bilan savol-javob va ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 97 231-11-55
Namangan viloyati statistika boshqarmasi Axborot xizmati




