16/09/2025

Joriy yilning 16-sentabr kuni viloyat statistika boshqarmasi tomonidan OAV vakillari uchun Namangan shahridagi Chorsu dehqon universal bozorida narxlarning o‘rtacha haftalik tanlanma kuzatuvilariga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalistlar va blogerlar ishtirok etishdi.

Press-turda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari B. Xoliqov kuzatuvlarning maqsadi va mohiyati haqida ma’lumot berib, bu jarayon aholining kundalik iste’molida muhim o‘rin tutadigan asosiy mahsulotlar narxlarini muntazam o‘rganish, narxlar barqarorligini tahlil qilish va iqtisodiy to‘g‘ri qarorlar qabul qilishda alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Kuzatuv davomida aholining eng ko‘p iste’mol qiladigan asosiy 65 turdagi mahsulot va xizmatlarning narxlari muntazam o‘rganib borilayotgani alohida ta’kidlandi. Jumladan, OAV vakillari ishtirokida go‘sht mahsulotlari, tuxum, piyoz, sabzi, kartoshka, guruch, kungaboqar yog‘i va shakar mahsulotari narxlari kuzatildi.

Shuningdek, OAV vakillari narxlarning haftalik kuzatuvi qanday olib borilishi, bozor sharoitida narxlar qay tarzda qayd etilishi va bunday statistik kuzatuvlarning ahamiyati haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.