24/09/2025

2025- yilning 1- sentabr holatiga Namangan viloyatida 26 525 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, 22 002 tasi kichik tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar quyidagicha:
savdo - 8 955 ta;
sanoat - 4 310 ta;
qurilish - 1 363 ta;
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi - 1 724 ta;
yashash va ovqatlanish - 1 345 ta;
tashish va saqlash - 973 ta;
boshqa sohalarda - 7 855 tani tashkil etgan.