24/09/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-avgust oylarida turli rusumdagi 284 352 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,9 ming donaga yoki 9,2 % ga oshgan.

Ular rusumlar bo‘yicha quyidagicha:

Cobalt – 99 013 dona;

Damas – 57 882 dona;

Tracker – 29 930 dona;

Onix – 20 241 dona;

KIA – 17 166 dona;

Chery – 5 909 dona;

Haval – 5 303 dona;

BYD – 12 930 dona;

Tank 500 – 42 dona;

Maxsus yengil avtomobillar - 35 936 dona.

t