03/10/2025

 2025- yilning yanvar-avgust oylarida Namanagan viloyati 55 ta davlatga qiymati 440,1 mln AQSH dollarilik tovar va xizmatlar eksportini amalga oshirgan bo‘lib, 2024- yilning mos davriga nisbatan 44,3 mln AQSH dollariga ko‘paygan.

Eksport hajmida eng yuqori ulushga ega davlatlar:

  Rossiya – 282,4 mln. AQSH dollari, 64,2 %;

Qozog‘iston – 22,6 mln. AQSH dollari, 5,1 %;

Turkiya – 18,5 mln. AQSH dollari, 4,2 %;

Pokiston – 15,9 mln. AQSH dollari, 3,6 %;

  Xitoy – 13,5 mln. AQSH dollari, 3,1 % ni tashkil etdi.

Eksport tarkibida tovarlar ulushi 92,1 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (44,6 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (21,7 %) va mashinalar va transport asbob-uskunalari (2,5 %) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.