03/10/2025

2025- yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida 4 310 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Ushbu korxonalar tomonidan joriy yilning yanvar–avgust oylari mobaynida 24,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. 2024- yilning mos davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning  fizik hajm indekisi 9,1 % ga  ko‘paydi.

Sanoat rivojining aholi turmush darajasiga taʼsiri ham kuzatilmoqda. Xususan, aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi 7 million 716,3 ming so‘mni tashkil etdi. Bu esa viloyat iqtisodiyotida sanoatning ortib borayotgan ulushini ko‘rsatadi.

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish tarkibi tahlil qilinganda, yirik korxonalarning ulushi 49,1 foizni, kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 32,0 foizni tashkil etgan. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan 4,4 foiz, uy xo‘jaliklari hissasi esa 14,5 foizni tashkil qilgani qayd etildi.

Ushbu natijalar viloyatda sanoat sohasini kengaytirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi ekanini tasdiqlaydi.