Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Namangan viloyatida qiymati 2 trln 747,2 mlrd so‘m bo‘lgan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatildi. O‘sish sur'ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 131,8 % ga yetdi.
Moliyaviy xizmatlar tarkibida sug‘urta xizmatlari ham ijobiy o‘sish qayd etdi — hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,9 mlrd so‘mga yoki 45,6 % ga ko‘paydi.
Umuman olganda, bozor xizmatlari tarkibida moliyaviy xizmatlarning ulushi 8,6 % ni tashkil etmoqda.




