06/10/2025

2025- yilning 1- sentabr holatiga Mingbuloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish korxonalari soni 75 tani tashkil etib, ular tomonidan joriy yilning yanvar-avgust oylarida jami 329,7 mlrd so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilgan. O‘sish surʼati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 139,0 % ni tashkil etgan. Qurilish ishlarining 1,7 % i yirik qurilish tashkilotlari, 26,4 % i norasmiy sektorlar hamda 71,9 % i kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan.