Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida Namangan viloyatida har bir aholi hisobiga o‘rtacha 7 mln 716,3 ming so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 106,9 % ga o‘sgan.
Yillar kesimida o‘sish dinamikasi (yanvar–avgust holatiga):
2021-yil – 2 mln 893,1 ming so‘m
2022-yil – 3 mln 708,1 ming so‘m
2023-yil – 4 mln 376,0 ming so‘m
2024-yil – 5 mln 482,5 ming so‘m
2025-yil – 7 mln 716,3 ming so‘m
So‘nggi 4 yilda 2,6 baravardan ko‘p o‘sish kuzatilmoqda! Bu sanoat salohiyatining yildan-yilga mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.




