16/10/2025

Joriy yilning 16 oktabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida hududiy statistika bo‘limi boshliqlari hamda ro‘yxatga olish jarayonlariga masʼul xodimlari uchun o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.

Mazkur o‘quv dasturida hududiy masʼullar ro‘yxatga olish jarayonining tashkiliy-huquqiy asoslari hamda amaliy bosqichlari bilan tanishtirilmoqda.

O‘quv mashg‘ulotlari nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy tajribalarni ham o‘z ichiga olmoqda. Xususan, sinov tariqasida Namangan shahrida aholi xonadonlariga tashrif buyurilib, ro‘yxatga olish savolnomalarini to‘ldirish, maʼlumotlarni elektron shaklda qayd etish jarayoni o‘quv-mashg‘uloti ishtirokchilari uchun amaliy tarzda ko‘rsatib berilmoqda.

Mazkur amaliy mashg‘ulotlar hududiy masʼullarning malakasini oshirish, ularga ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir. Shu tariqa, kelgusida respublika bo‘ylab o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonining samaradorligi va sifatini taʼminlash ko‘zda tutilmoqda.