Joriy yilning 20-oktabr kuni Yangi Namangan tumanida “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi PF-173-son Prezident farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi” xodimlari uchun o‘quv seminar o‘tkazildi.

Mazkur farmonga ko‘ra, 2026-yil 15-yanvardan 28-fevraliga qadar mamlakatimizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshiriladi. Ushbu jarayonga hududlardagi “mahalla yettiligi” vakillari ham jalb etilishi belgilangan.

Seminar ishtirokchilariga ro‘yxatga olishning mazmun-mohiyati, o‘tkazish usullari, savolnoma shakllari va ularni to‘ldirish tartibi haqida ma’lumot berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga jarayonni sifatli tashkil etish bo‘yicha tavsiya va amaliy ko‘nikmalar berildi.

Mazkur o‘quv seminarlar hududiy masʼullarning malakasini oshirish, ularga ro‘yxatga olish jarayonlarini yuqori saviyada tashkil etish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.



