Statistika boshqarmasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–sentabr oylarida viloyat iqtisodiyoti o‘tgan yilning shu davriga qaraganda ijobiy o‘sish sur’atlarini ko‘rsatdi.
Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:
Yalpi hududiy mahsulot (YAHM) hajmi 58,6 trln so‘mni tashkil etdi, o‘sish sur’ati – 107,2 %.
Aholining umumiy daromadlari – 49,9 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 115,7 %.
Doimiy aholi soni (2025-yil 1-oktabr holatiga) – 3 mln 177,1 ming kishi.
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari:
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi – 27,7 trln so‘m, fizik hajm indeksi – 109, 0 %.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 27,5 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 103,8 %.
Qurilish ishlari hajmi – 11,0 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 115,5 %.
Bozor xizmatlari hajmi – 37,0 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 112,4 %.
Chakana savdo tovar aylanmasi – 19,2 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 112,5 %.
Sarmoya va tadbirkorlik:
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar – 51,4 trln so‘m, o‘sish sur’ati – 122,7 %.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni (2025-yil 1-oktabr holatiga) – 26 194 ta.
Transport va tashish xizmatlari:
Yuk tashish hajmi – 26,5 mln tonna, o‘sish sur’ati – 106,1 %.
Yo‘lovchi tashish hajmi – 370,3 mln kishi, o‘sish sur’ati – 102,7 %.
Tashqi savdo aylanmasi:
Tashqi savdo aylanmasi – 1 mlrd 230,9 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati – 127,6 %.
Eksport – 491,7 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati – 111,6 %.
Import – 739,2 mln AQSH dollari, o‘sish sur’ati – 141,0 %.




