03/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni mazkur Farmonga muvofiq Namangan viloyatiga biriktirilgan vakil viloyatda bo‘lib, shtab a’zolari bilan uchrashdi hamda ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, hududiy komissiya faoliyati va texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida tayyorgarlik jarayonida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan bir qator masalalar — xodimlarni o‘qitish, ro‘yxatga olish uchun zarur texnik vositalarni tayyorlash, aholini xabardor qilish va ma’lumotlar bazasini sinovdan o‘tkazish kabi yo‘nalishlar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida, Namangan viloyati statistika boshqarmasi mutasaddilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilib, belgilangan muddatlarda barcha tayyorgarlik jarayonlarini yuqori saviyada yakunlash bo‘yicha topshiriqlar belgilab olindi.