O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Bugun, 2025-yil 4-noyabr kuni, O‘zbekiston fermerlari kengashi raisi o‘rinbosari Z.Mustafaqulov boshchiligidagi Ishchi guruh Chust tumanida tashkil etilgan shtablar faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida ishchi guruh a’zolari tuman mas’ullari bilan birgalikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha biriktirilgan idora va tashkilotlarning xodimlari bilan uchrashib, ro‘yxatga olish tadbirlariga tayyorgarlik jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, joylarda olib borilayotgan tashkiliy ishlarning sifati, ma’lumot to‘plash jarayonining izchilligi hamda xodimlarning tayyorgarlik darajasiga e’tibor qaratildi.



