05/11/2025

 Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida Namangan viloyatida 27,7 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

 O‘sish sur'ati 2024- yilning mos davriga nisbatan 109,0 % ni tashkil etgan.

 Hozirda viloyatda 4 183 ta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.

 Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan sanoat mahsulotlari hajmi — 8 mln 786,9 ming so‘m, bu esa sanoatning iqtisodiyotdagi o‘rni ortib borayotganini ko‘rsatadi.

 Ishlab chiqarish tarkibi:

▪️Yirik korxonalar – 48,3 %

▪️Kichik korxona va mikrofirmalar – 33,0 %

▪️Yakka tartibdagi tadbirkorlar – 4,8 %

▪️Uy xo‘jaliklari – 13,9 %

 Bu raqamlar viloyatda sanoatni kengaytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga qaratilgan islohotlarning amaldagi samarasi hisoblanadi.