11/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Ushbu farmonga muvofiq, 10-noyabr kuni Namangan viloyti statistika boshqarmasi mutaxassislari tominidan Uchqo‘rg‘on tumani Mahalla yettiligi vakillari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining bosqichlari, aholini so‘rovnomalar asosida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi hamda elektron shaklda ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Seminar davomida Mahalla yettiligi a’zolariga savolnomalarni to‘ldirish, respondentlar bilan muloqot qilish madaniyati, hamda ro‘yxatga olishning muhim jihatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Mazkur seminarlar ro‘yxatga olish jarayonini sifatli tashkil etish va joylarda mas’ul xodimlarning tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiladi.