Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentabr oylarida Namangan viloyatida har bir aholi hisobiga o‘rtacha 8 mln 786,9 ming so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 106,8 % ga o‘sgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sish dinamikasi (yanvar–sentabr holatiga):
🔹2021-yil – 3 mln 420,1 ming so‘m
🔹2022-yil – 4 mln 301,9 ming so‘m
🔹2023-yil – 4 mln 911,4 ming so‘m
🔹2024-yil – 7 mln 20,8 ming so‘m
🔹2025-yil – 8 mln 786,9 ming so‘m
So‘nggi 4 yilda 2 baravardan ko‘p o‘sish kuzatilmoqda!
Bu sanoat salohiyatining yildan-yilga mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.




