Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–oktabr oylarida Namangan viloyatida jami 3 814 ta yangi korxona va tashkilot (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan korxonalar soha kesimida quyidagicha taqsimlandi:
Savdo sohasida – 1 458 ta
Sanoat sohasida – 548 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 485 ta
Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida – 245 ta
Qurilish sohasida – 150 ta
Tashish va saqlash sohasida – 94 ta
Axborot va aloqa sohasida – 89 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 255 ta
Boshqa sohalarda – 490 ta




