17/11/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi PF–173-sonli “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, 2026-yilda o‘tkaziladigan ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari izchil davom etmoqda.

Ushbu farmonga muvofiq, Namangan viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Davlatobod tumani 1 va 2 sektorlar “Mahalla yettiligi” vakillariga amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilarga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayonlarining bosqichlari, aholini so‘rovnomalar asosida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi hamda elektron shaklda ma’lumotlarni kiritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.

Seminar davomida Mahalla yettiligi a’zolariga savolnomalarni to‘ldirish, respondentlar bilan muloqot qilish madaniyati, hamda ro‘yxatga olishning muhim jihatlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.