2025-yil 12-sentabr kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF–157-son Farmoni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida joriy yil 1-dekabrdan quyidagi tartiblar kuchga kirishi haqida ma’lumot berildi:
-
nikohni rasmiylashtirishda FHDYO organlari tomonidan tibbiy ko‘rik natijalarini talab qilish amaliyoti bekor qilinadi;
-
sud qarori asosida nikohdan ajratilganda, nikohdan ajralganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi avtomatik shakllantiriladi, sud qarori esa mazkur guvohnomaga tenglashtiriladi;
-
nikoh bekor qilinganligi uchun undiriladigan davlat boji sud qaroriga asosan Majburiy ijro byurosi tomonidan undiriladi;
-
chaqiriluvchilar va harbiy xizmatga majburlar haqidagi ma’lumotlar tegishli mudofaa organlariga taqdim etilishi majburiy hisoblanadi;
-
avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasida mulkdor manzili ko‘rsatish talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab:
-
jismoniy shaxsning Yagona portaldagi shaxsiy ma’lumotlari qog‘oz shakliga tenglashtiriladi, davlat organlari ularning qog‘oz nusxasini talab qilishga haqli emas;
-
pensionerlar, homilador ayollar va 3 yoshgacha bolasi bilan kelgan fuqarolarga navbatsiz xizmat ko‘rsatish imtiyozi joriy etiladi;
-
OneID orqali ro‘yxatdan o‘tishda Face ID orqali biometrik identifikatsiya qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi;
-
avtomototransport vositasi mulkdorining ma’lumotlari o‘zgarganda ariza FHDYO yoki DXM orqali ichki ishlar organlariga kompozit tarzda yuborilishi mumkin bo‘ladi;
-
davlat xizmatlari markazlari Yagona portalda mavjud barcha xizmatlar bo‘yicha aholiga ham, tadbirkorlarga ham to‘liq xizmat ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.



