2025-yil 19-noyabr kuni ushbu yo‘nalishdagi navbatdagi shtab yig‘ilishi viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z. Baxriddinov rahbarligida o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–173-son Farmoni ijrosini ta’minlash doirasida amalga oshirilayotgan tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi.

Jumladan, shtab yig‘ilishida biriktirilgan mas’ullarga Pop, Chortoq, Chust va Yangiqo‘rg‘on tumanlarining 23 ta olis hudud mahallalarida ro‘yxatga olish ishlarini jadallashtirish, aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish, ro‘yxatga oluvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilish davomida mavjud muammolar va ularning yechimlari ko‘rsatib o‘tildi. Mas’ul tashkilotlar o‘z oldiga belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarish zarurligi ta’kidlandi.



