20/11/2025

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari soni 845 tani tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2021/2022 o‘quv yiliga nisbatan 18 taga yoki 2,2 % ga oshgan.

O‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari tarkibi quyidagicha:

kasb-hunar maktablari — 334 ta;

texnikumlar — 272 ta;

kollejlar — 147 ta;

akademik litseylar — 92 ta.

kollej_p22706