26/11/2025

Joriy yilning 25-noyabr kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida “1-o‘rta ta’lim shakli (yillik) statistik hisobotini topshirish tartibi” mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda boshqarma boshlig'i o'rinbosari R. Jiyanov, Aholi turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo‘limi mutaxassislari hamda viloyatdagi o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda 2025/2026-o‘quv yili boshiga taqdim etiladigan yillik statistik hisobotlarni e-Stat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborish tartibi batafsil tushuntirildi. Mutaxassislar hisobotlarni to‘ldirish jarayonida uchrashi mumkin bo‘lgan xatolar, ularni oldini olish va amaliy yechimlar bo‘yicha tavsiyalar berishdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.