Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil yanvar–oktabr oylari davomida Namangan viloyatida 42,0 trln so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatildi.
O‘sish sur’ati 2024-yilning mos davriga nisbatan 112,7 % ni tashkil etib, xizmatlar hajmi 8,2 trln so‘mga oshgan.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha xizmatlar hajmi:
Yashash va ovqatlanish xizmatlari – 16,6 trln so‘m
Savdo xizmatlari – 8,0 trln so‘m
Transport xizmatlari – 5,3 trln so‘m
Moliyaviy xizmatlar – 3,5 trln so‘m
Axborot va aloqa – 1,3 trln so‘m
Ta’lim xizmatlari – 1,4 trln so‘m
Sog‘liqni saqlash – 747,7 mlrd so‘m
Boshqa xizmatlar – 5,1 trln so‘m
Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 13 mln 299,3 ming so‘mdan to'g'ri kelgan.
Ushbu ko‘rsatkichlar viloyatda xizmatlar sohasi iqtisodiyotning muhim drayveriga aylanganini va aholining xizmatlardan foydalanish faolligi ortib borayotganini ko‘rsatadi.




