Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar–oktabr oylarida Namangan viloyatida 30,9 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Hisobot davrida har bir aholi hissasiga o‘rtacha 9 million 793,9 ming so‘mlik sanoat mahsuloti to‘g‘ri keldi.
Bu ko‘rsatkich 2024- yilning mos davriga nisbatan 7,0 foizga oshgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining yillar bo‘yicha dinamikasi (yanvar–oktabr holatiga):
🔹 2021 yil – 3 mln 835,9 ming so‘m
🔹 2022 yil – 4 mln 790,9 ming so‘m
🔹 2023 yil – 5 mln 588,4 ming so‘m
🔹 2024 yil – 7 mln 885,2 ming so‘m
🔹 2025 yil – 9 mln 793,9 ming so‘m
So‘nggi yillarda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sanoat ishlab chiqarishi ikki barvardan ko‘proq oshgan.




