01/12/2025

🏢 Statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-noybar holatiga viloyatimizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 256 tani tashkil etgan.

Bu ko'rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 47 taga oshgan.
Ulardan:

▪️101 tasi qo‘shma korxona (ya’ni, mahalliy va xorijiy sherikchilik asosida),

▪️155 tasi xorijiy korxona (faqat xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilgan).

🔰 Mazkur korxonalar iqtisodiyotning turli sohalarida quyidagicha taqsimlangan:

🏭 Sanoat sohasida – 100 ta korxona

🛍 Savdo sohasida – 66 ta korxona

🏕Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 21 ta korxona

🏗 Qurilish sohasida – 16 ta korxona

🚛 Tashish va saqlash sohasida – 8 ta korxona

🩺 Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 7 ta korxona

📡 Axborot va aloqa sohasida – 7 ta korxona

🍽 Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 6 ta korxona

⚙️ Boshqa sohalarda – 25 ta korxona