04/12/2025

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning 1-noyabr holatiga Namangan viloyatida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat olib borayotgan tijorat korxonalari soni 1 244 tani tashkil etdi.

🔰Ular quyidagicha taqsimlangan:

🔹Yirik ovqatlanish korxonalari – 6 ta

🔸Kichik korxonalar va mikrofirmalar – 1 238 ta

🍽 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida umumiy ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 19 trillion 219,8 milliard so‘mga yetdi.

📊 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,6 % ga oshgan.

📌 Shuningdek, umumiy savdo aylanmasining 88,9 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Mazkur ma’lumotlar umumiy ovqatlanish sohasining viloyat iqtisodiyotidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganini, ayniqsa, kichik biznesning faol va samarali ishtirokini yaqqol ko‘rsatadi.