09/12/2025

 Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–oktabr oylarida Namangan viloyatidan xorijiy mamlakatlarga 296,8 mln AQSH dollari qiymatidagi to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.

 Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 21,7 % ko‘paygan.

 Eksport tarkibida:

Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 32,2 %,

Tayyor tikuvchilik mahsulotlari — 30,3 %,

Tayyor trikotaj kiyimlari — 9,4 %,

Paxta, kigiz va noto‘qima materiallar, arqon buyumlari — 1,4 %,

Boshqa to‘qimachilik mahsulotlari — 26,7 % ulushni tashkil etdi.

To‘qimachilik sanoatining eksport geografiyasi kengayib, qo‘shilgan qiymati yuqori bo‘lgan tayyor mahsulotlar ulushi oshib bormoqda.