09/12/2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF–173-son Farmoniga muvofiq, 2026-yilda o‘tkaziladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Jumladan, Namangan viloyati statistika boshqarmasi mutaxassislari tomonidan “UzChasis” MChJda ro‘yxatga olish jarayonlariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbir davomida korxona xodimlariga ro‘yxatga olishning maqsad va vazifalari, uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, aholi va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha to‘planadigan ma’lumotlarning milliy rivojlanish strategiyalarini shakllantirishdagi o‘rni batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonida qo‘llaniladigan elektron tizimlar, so‘rovnomalar, axborot xavfsizligi tamoyillari va ma’lumotlarning maxfiyligi yuzasidan amaliy ko‘rsatmalar berildi.