O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasining 2025-yil 6-noyabrdagi 01-24-12/4926-sonli xatini ijro etish maqsadida, Namangan viloyati statistika boshqarmasida 2025-yil 10-dekabr kuni xotin-qizlar ishtirokida navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilish 2025-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha o‘tkazilayotgan “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida tashkil etildi.

Tadbirda raqamli makonda uchrayotgan zo‘ravonlik turlari, ularning oqibatlari, xotin-qizlarning axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek, tashkilotlarda gender tengligi va profilaktik ishlarni yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida boshqarmada amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.



