Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilgan sovrinli tanlovda navbatdagi g‘olib aniqlandi.
Namangan viloyati, Norin tumani, Qorateri MFY
Turg‘unov Lutfilla Xamidullayevich
G‘olibga Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari R. Jiyanov tomonidan Tashakkurnoma hamda zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish — bu oddiy jarayon va ayni paytda sovrin yutish imkoniyati hamdir. Savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan har bir fuqaro tanlovda ishtirok etadi.
Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘ting va keyingi g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!







