Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilda Namangan viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi 85,4 trln so‘mni tashkil etib 2024- yil bilan taqqoslaganda 8,2 % ga o‘sdi.
Kichik tadbirkorlikning YAHMdagi ulushi 73,6 % ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 27 mln 20,6 ming so‘mni tashkil etdi va bu ko‘rsatkich 2024- yilga nisbatan 6,0 % ga yuqoridir.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha YAHM ishlab chiqarish o‘sish sur’atlari:
Qurilish - 110,6 %;
Xizmatlar - 109,8 %;
Sanoat - 109,1 %;
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi -104,3 % ni tashkil etgan.
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Namangan viloyatining qo‘shgan hissasi 4,6 % ga yetdi.





