Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida o‘tkazilayotgan sovrinli tanlovda yana bir yurtdoshimiz omadli g‘olibga aylandi.
Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani, Sohilobod MFY
Raimova Nozima Mahmudjon qizi
G‘olibga zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tish — bu oddiy, qulay va ayni paytda sovrin yutish imkoniyatini beruvchi jarayondir. Savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan har bir fuqaro avtomatik tarzda sovrinli tanlovda ishtirok etadi.
Siz ham imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! Onlayn ro‘yxatdan o‘ting va keyingi g‘oliblardan biri bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ling!






