Statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025- yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida asosiy kapitalga 61,1 trln so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yilda 4,7 barobarga oshgan. Quyida ushbu o‘sish dinamikasi yaqqol aks etgan: (yanvar-dekabr holatiga)
▫️ 2025 – 61,1 trln so‘m
▫️ 2024 – 54,2 trln so‘m
▫️ 2023 – 19,2 trln so‘m
▫️ 2022 – 14,8 trln so‘m
▫️ 2021 – 13,0 trln so‘m
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtirildi:
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiyalar hamda kreditlar – 48 trln 794,6 mlrd so‘m
Korxonalar mablag‘lari – 5 trln 3,6 mlrd so‘m
Bank kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari – 487,6 mlrd so‘m
Aholi mablag‘lari – 3 trln 465,6 mlrd so‘m
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi chet el kreditlari – 1 trln 544,6 mlrd so‘m
Byudjet mablag‘lari – 1 trln 829,3 mlrd so‘m





