O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari doirasida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar o‘rtasida respublika miqyosida sovrinli tanlov tasodifiy tanlash (random) usulida o‘tkazilmoqda.
Tanlov natijalariga ko‘ra, har bir hududdan bittadan g‘olib aniqlanmoqda.
Navbatdagi tanlovda Namangan shahri, Sohibkor MFYda istiqomat qiluvchi Dedaboyeva Manzura Turg‘unpulatovna g‘olib sifatida tanlab olindi.
G‘olibga zamonaviy planshet qurilmasi topshirildi.
Bu esa onlayn ro‘yxatdan o‘tish nafaqat muhim fuqarolik burchi, balki real sovrin yutish imkoniyati ham ekanini yaqqol ko‘rsatadi.
Savolnomani to‘g‘ri va to‘liq to‘ldirgan har bir fuqaro sovrinli tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega.
Hurmatli fuqarolar!
Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘ting, faol ishtirok eting va keyingi g‘olib aynan siz bo‘lishingiz mumkin!






