Sizning korxonangiz 1-KORXONA yillik statistika hisobotini taqdim etishi lozim, agar quyidagi mezonlardan biri mavjud bo‘lsa:
🔹 Aylanma bazaviy hisoblash miqdorining 2000 barobaridan ortiq
🔹 Xodimlarning yillik o‘rtacha soni 5 nafar va undan ortiq
🔹 Ustav fondida davlat ulushi 50% va undan yuqori
🔹 Davlat dasturlarida ishtirok etadi
🔹 Aksiz solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi
MUHIM ESLATMA! Hisobot topshirish muddati:
Milliy standartlar bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun — 1-aprelgacha
Xalqaro standartlar bo‘yicha ishlovchi korxonalar uchun — 5-maygacha
Hisobotlar elektron shaklda taqdim etiladi:
www.hisobot.stat.uz (e.Stat 4.0 tizimi orqali)
Elektron raqamli imzo (ERI) talab etiladi
Belgilangan muddatlarga amal qiling va hisobotni o‘z vaqtida topshirishni unutmang!
Qo‘shimcha ma’lumot uchun hududingizdagi statistika bo‘limiga murojaat qiling.





