19/03/2026

2026-yil 19-mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida kirib kelayotgan Navro‘z umumxalq bayrami hamda muborak Ramazon hayiti munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirda viloyat statistika boshqarmasi rahbariyati hamda xodimlari ishtirok etib, samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan boshqarma boshlig‘i S. Melixujayev barchani ushbu ulug‘ ayyomlar bilan samimiy muborakbod etib, jamoaga mustahkam sog‘lik, xonadonlarga tinchlik-farovonlik, ish faoliyatida esa ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir davomida milliy qadriyatlarimiz, qadimiy an’analarimiz va xalqimizga xos bag‘rikenglik hamda mehr-oqibat muhitining ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Bayram yakunida statistika tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.