Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2025- yilning yanvar–dekabr oylarida viloyatimiz boʻyicha barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 815,6 ming tonna sut yetishtirilgan.
2024- yilning yanvar–dekabr oylariga nisbatan sut yetishtirish hajmining o‘sish sur'ati 101,4 % ga yetganligi kuzatildi.
Shunga mos ravishda sogʻib olingan sutning 6,2 % i fermer xoʻjaliklari, 92,9 % i dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 0,9 % i qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keldi.
Hududlar kesimida yetishtirilgan sut mahsulotlari hajmi:
Namangan sh. – 70 920 tonna
Mingbuloq – 52 288 tonna
Kosonsoy – 54 044 tonna
Namangan – 64 421 tonna
Norin – 69 111 tonna
Pop – 63 539 tonna
Toʻraqoʻrgʻon – 71 646 tonna
Uychi – 51 494 tonna
Uchqoʻrgʻon – 61 782 tonna
Chortoq – 62 199 tonna
Chust – 97 125 tonna
Yangiqoʻrgʻon – 96 996 tonna





