2026-yil 9-yanvar kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Prezidentning 26.12.2025-yildagi PF-258-son Farmoni mazmuni tushuntirildi. Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va kambag‘al oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi.
Mazkur reyestr orqali oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati baholanib, ular “davlat ta’minotidagi oila”, “kambag‘al oila” va “kambag‘allik chegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.

Shuningdek, bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lash tartibi belgilandi: davlat ta’minotidagi oilalarga yordam murojaatsiz beriladi, kambag‘al oilalarda esa mehnatga layoqatli a’zolarning bandligi shart qilib qo‘yiladi. Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga yordam 6 oy davomida to‘lanib, daromadiga qarab 75% yoki 50% miqdorda belgilanadi.
Seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.




