16/01/2026

2026-yil 16-yanvar kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Prezidentning 30.12.2025-yildagi PF-270-son Farmoni mazmuni tushuntirildi.

Farmonga ko‘ra, davlat organlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari faoliyati Agentlik bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilib, ularning vazifalari, funksiyalari va javobgarligi Agentlik bilan kelishilgan holda belgilanadi. Ushbu bo‘linma xodimlariga ortiqcha vazifalar yuklashga yo‘l qo‘yilmaydi hamda ularning faoliyatida KPI qo‘llanilmaydi.

 Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan boshlab 2030-yilgacha korrupsiyaga qarshi Milliy sertifikatlashtirish menejment tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. Uni o‘z vaqtida joriy etmagan rahbarlarga nisbatan rag‘batlantirish to‘lovlari to‘xtatiladi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashga hissa qo‘shganlar uchun maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilib, har yili 9-dekabr arafasida taqdirlash yo‘lga qo‘yiladi.

Seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.