2026-yil 23-yanvar kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Vazirlar Mahkamasining 20.01.2026-yildagi 20-son qarori mazmuni tushuntirildi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan boshlab 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, maxsus transport vositalari, yo‘nalishsiz taksilar hamda “antikvar” transportlar uchun alohida davlat raqam belgilari joriy etiladi. Shuningdek, 50 yil va undan ortiq transport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.
Bundan tashqari, transport vositasi ro‘yxat guvohnomasida mulkdor manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinadi. 2026-yil 1-iyundan boshlab esa haydovchilar uchun tibbiy ma’lumotnomalar elektron shaklda tegishli tizimlarga yuborilishi yo‘lga qo‘yiladi.
Seminar savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi.




