2026-yil 6-fevral kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlar, xususan ma’muriy jazo choralarining turlari (ogohlantirish, jarima, musodara, maxsus huquqdan mahrum etish, jamoat ishlari, ma’muriy qamoq va boshqalar) haqida batafsil tushuncha berildi.
Shuningdek, yo‘l harakati qoidalari buzilishi foto va video vositalar orqali qayd etilganda jazo qo‘llash muddatlari — odatda 1 oy ichida, shikoyat qilinganda esa 1 yil ichida qo‘llanishi mumkinligi ta’kidlandi.
Seminar savol-javoblar asosida o‘tkazildi.




