13/02/2026

2026-yil 13-fevral kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda Prezidentning 07.01.2026-yildagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yoʻnalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son Qarori mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi. Unda kriminogen vaziyati og‘ir mahallalarni mas’ul tashkilotlar va rahbarlarga biriktirish orqali manzilli ishlash tizimi joriy etilgani tushuntirildi. 

Shuningdek, fuqarolar va profilaktika inspektorlari o‘rtasida onlayn muloqotni yo‘lga qo‘yuvchi “Mening inspektorim” mobil ilovasi hamda nizoli oilalarni monitoring qilishga xizmat qiluvchi “E-ijtimoiy profilaktika” tizimining “E-nizoli oila” moduli joriy etilishi rejalashtirilgani haqida ma’lumot berildi. Seminar interaktiv ruhda o‘tdi.