2026-yil 20-fevral kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Seminarda Vazirlar Mahkamasining 36-son Qarori mazmuni xodimlarga tushuntirildi. Unga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab fuqarolar yashash joyi manzili va ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar haqidagi ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali onlayn tarzda tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, murojaatlarni 24/7 rejimda yuborish, zarur hollarda notarial ishonchnoma ilova qilish, ma’lumotlarni elektron tekshirish va 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqish tartibi belgilanganligi aytib o‘tildi. Natijalar QR-kod orqali tasdiqlanib, ariza beruvchining shaxsiy kabinetiga yuborilishi ta’kidlandi. Seminar interaktiv tarzda o‘tdi.




