27/02/2026

2026-yil 27-fevral kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘quv mashg‘ulotida fevral oyida qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Xususan, ushbu davrda O‘zbekiston Respublikasining 3 ta Qonuni, Prezidentning 21 ta farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 21 ta qarori qabul qilingani ta’kidlandi. Seminar davomida ushbu hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berilib, yig‘ilish savol-javoblar asosida o‘tkazildi.