06/03/2026

2026-yil 6-mart kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Huquqiy bilimlar” mavzusida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

 Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-33-son Farmoni mazmuni yoritildi.

Farmonga koʻra, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish, tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish hamda bu borada davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish choralari belgilangan.

Shuningdek, 2027-yildan yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, erta nikohni kamaytirish va nikoh yoshiga oid talablarni kuchaytirish boʻyicha yangi imtiyoz va tartiblar joriy etilishi, talaba-qizlar va yosh onalarga taʼlimni davom ettirish uchun “ikkinchi imkoniyat” yaratilishi qayd etildi.

Bundan tashqari, 2026-yildan huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish tizimi joriy etilishi hamda erta nikoh va voyaga yetmagan homiladorlik holatlarini elektron tizim orqali qayd etish mexanizmi ishlab chiqilishi haqida maʼlumot berildi.